1/6
Name | Mastery | Learn | Test | Matching | Spaced |
---|
No study sessions yet.
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
1-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
2-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
6-modda.