1/35
Inklyuziv ta'limning huquqiy asoslari, gospital pedagogika va maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash bo'yicha terminlar va ularning tavsifi.
Name | Mastery | Learn | Test | Matching | Spaced | Call with Kai |
|---|
No analytics yet
Send a link to your students to track their progress
Salamanka deklaratsiyasi
Birinchi marta xalqaro darajadagi inklyuziv ta'lim tamoyillari belgilangan hujjat.
Gospital pedagogika (Davolash pedagogikasi)
Uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim muassasalariga bora olmaydigan bolalar uchun ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq pedagogika bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 29-moddasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari e’tirof etilgan qonun.
Ta’lim integratsiyasi
Nogiron bolaning oddiy rivojlanayotgan tengdoshlari bilan bir xil ta’lim muhitida bo‘lishi.
PQ-4860-son qaror
2020-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Alohida taʼlimga muhtoj bolalarni taʼlim va tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hujjat.
Korreksiya
Bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini pedagogik usullar va maxsus tizim yordamida to'liq yoki qisman tuzatish va bartaraf etish.
Meystriling
Nogiron bolalarni o'z tengdoshlari bilan turli xil darsdan tashqari tadbirlarda o'zaro muloqoti.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 20-moddasi
Inklyuziv ta’lim olish huquqi keltirilgan qonuniy asos.
Inklyuziv ta’lim
Barcha oʻquvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlash.
638-son qaror
2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo`lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hujjat.
Mehrli maktab
Tibbiy tashkilotda uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan davlat ta’lim muassasasi.
L.S. Vigotskiy nazariyasi
“Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” degan pedagogik qarash muallifi.
Dakar deklaratsiyasi (2000 yil)
Inklyuziv ta’limning jahon miqyosidagi huquqiy asoslaridan biri.
Diskriminatsiya
Odamlarni kamsitish yoki ularni ajratish.
Aksiologiya
Yunoncha “qiymat” va “taʼlimot” ma'nolarini anglatuvchi, inson hayoti va muloqotining qadriyatini tasdiqlovchi yondashuv.
Daktil
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar maktab ta’limida foydalanadigan maxsus alifbo.
Resurs o’qituvchi
Umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilar va ularning o’qituvchilariga yordam ko’rsatuvchi mutaxassis.
Differensial ta'lim
Lotincha “farq, tafovut” ma'nosini anglatib, o'quv muassasalarini turli tiplarga bo'lish yoki sinfda guruhlarga ajratishni nazarda tutadi.
Integratsiya
Lotincha “mujassam” degan ma’noni anglatuvchi texnologiya.
Gipodinamiya
Harakatlanish faolligining susayishi.
Ijtimoiy adaptatsiya
Individning yangi ijtimoiy muhit sharoitlariga faol moslashuv jarayoni.
Sensor tarbiya
Sezgi, ko’rish, eshitish va his qilish organlarining rivojlanishiga qaratilgan pedagogik usullar jamlanmasi.
HOPE
Yevropa gospital pedagogika assotsiatsiyasi bo'lib, 1988-yil Lyublyanada tashkil etilgan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan xalqaro hujjat.
Nogironlik
Organizmning kasallik yoki jarohat natijasida ma’lum bir funksional buzilishlarga, saviyaning pasayishiga olib keluvchi holat.
Tolerantlik
Tevarak-atrofdagilarga nisbatan bag‘ri keng va do‘stona munosabatda bo‘lish.
Eksklyuziya
Nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim tizimidan butunlay tashqarida qolishi.
Segregatsiya
Nogironligi bo'lgan bolalar uchun alohida maxsus maktablar va maktab internatlari tashkil etilishi.
Psixologik reabilitatsiya
Falajlangan bolalarning emotsional doirasini yaxshilash va ijtimoiy moslashuv samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Irsiy kasalliklar
Genetik informatsiyaning buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.
Defektolog
Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlovchi mutaxassis.
Logoped
So‘zlashuv nuqsonlari bilan ishlovchi mutaxassis.
Ta’limning universal dizayni (TUD)
Har bir o‘quvchiga moslashtirilgan, hamma uchun qulay ta’lim yondashuvi.
Individual ta’lim marshruti (ITM)
Har bir o‘quvchi uchun alohida ishlab chiqilgan maxsus ta’lim yo‘li.
Multisensor ta’lim
Bir nechta sezgi organlari (ko'rish, eshitish, his qilish) orqali o‘rganish jarayoni.