1/49
Ushbu flashcardlar falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika va dinshunoslik fanlari bо‘yicha asosiy tushunchalar va test savollarini qamrab oladi.
Name | Mastery | Learn | Test | Matching | Spaced | Call with Kai | Chat |
|---|
No analytics yet
Send a link to your students to track their progress
Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya.
Etiket tushunchasiga falsafiy nuqtai nazardan qanday ta'rif beriladi?
Takallufning odob qoidalari, axloqiy madaniyatning yaqqol kо‘rinishi va insonning tashqi madaniyatini, о‘zaro munosabatlardagi о‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishi.
Insonning о‘ziga va о‘zgaga munosabatida sof bо‘lishini talab etuvchi axloqiy me'yorlar qaysilar?
Kamtarlik, rostgо‘ylik, sadoqat.
Muomala odobi, etiket muammolari va inson qadr-qimmatini yuksaltirish masalalari yoritilgan asarni kо‘rsating.
«Qobusnoma»
Estetik faoliyat turlariga nimalar kiradi?
Badiiy, ijodiy, professional, ilmiy, diniy, texnik faoliyatlar.
“Ezgulik” tushunchasining falsafiy ma’nosi nima?
Erk darajasiga kо‘tarilgan ixtiyor, amalga oshirilgan erkinlik, olamning mutlaq sо‘nggi maqsadi hamda obyektivlikning subyektivlik bilan tо‘ldirilishidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
2017-yil yanvar oyida.
“Dialektika” sо‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Suhbat qurish san’ati.
Falsafiy ma’noda “tamoyil” (printsip) tushunchasi nimani anglatadi?
Fundamental qoida, birinchi asos, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning muhim asosi.
“Narsalarning о‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bо‘lish omili” qanday ataladi?
Aloqa
“Miqdor” tushunchasiga falsafiy ta'rif bering.
Narsaning ichki xususiyati, predmetni farqlash uchun zarur va yetarli bо‘lgan xossalar majmui.
Borliq hodisalari va undagi munosabatlarning muhim mazmunini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha nima?
Kategoriya
Gnoseologik funksiyaning asosiy savollari nimalardan iborat?
“Haqiqat nima? Uning me’zonlari qanday?”
Pratogor, Suqrot va Platon falsafani qanday ta'riflaganlar?
Ishontirish emas, tо‘g‘ri fikrlash san’atidir.
“Individ” tushunchasining ta’rifi qanday?
Muayyan insonning umumiy obrazi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni necha bob va moddadan iborat?
6 ta bob, 34 ta moddadan.
“Nafrat” tushunchasining falsafiy mohiyati nimada?
Shaxsni obyektdan chetlashishi va undan begonalashishini taqozo etadigan tushuncha.
Qaysi tushuncha insonning axloqqa zid xatti-harakatlaridan noqulay vaziyatga tushishini ifodalaydi?
Xayolilik
Dunyoqarashning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
Bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash.
MateriY tushunchasining keng qamrovli ta’rifi qanday?
Barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni qamrab oluvchi, yalpi umumiylik belgilariga ega butun obyektiv reallikni ifodalovchi kategoriya.
Reallik tushunchasi nimani anglatadi?
Muayyan obyektda mavjud bо‘lgan mujassamlashgan, borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.
Gnoseologiya nima haqidagi ta’limot?
Bilish haqidagi ta’limot.
“Falsafa” sо‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi tildan olingan va nima degani?
Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik.
“Mantiq” fani nimani о‘rganadi?
Tafakkur shakllari va qonunlarini.
Diniy kо‘rinishlarning tarixiy asosi bо‘lgan, birinchi urug‘-qabila jamoasi shakli qaysi?
Totemizm
Fetish sо‘zi qaysi tildan olingan?
Fransuz tilidan.
Axloqiy erkinlik deganda nima tushuniladi?
Axloqiy qonun-qoidalarga buyruqsiz, ichki ehtiyoj bilan rioya qilish.
Milet maktabining asoschisi kim?
Fales
Fazo tushunchasi nimani ifodalaydi?
Narsalarning kо‘lami, hajmi va о‘zaro joylashish tartibini.
Bilishning asosiy darajalari qaysilar?
Hissiy bilish va aqliy bilish.
Borliqning asosiy atributlari qaysi qatorda tо‘g‘ri berilgan?
Harakat, fazo, vaqt.
“Falsafa” atamasini birinchi bо‘lib kim qо‘llagan?
Pifagor
Atomistika ta’limotining asoschilari kimlar?
Levkipp va Demokrit.
“Badanning quvvati ovqat, ruhning quvvati esa — …” (Nuqtalar о‘rnini tо‘ldiring)
Ilm
Materiya va ong munosabatida ong birinchi о‘rinda deb hisoblovchi ta’limot qanday ataladi?
Idealizm
“Eydos” sо‘zining ma’nosi nima?
Sof g‘oyalar.
Uyg‘onish davri faylasufi Djordano Bruno koinot haqida qanday fikr bildirgan?
“Quyosh – Yerga nisbatan markazda joylashgan, ammo koinotning markazi emas”.
Mantiqiy bilish nima?
Insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib bilishi.
“Estetika” iborasi qanday ma’noni anglatadi?
His qilish, his qilinadigan, his etiladigan.
Aleksandr Baumgarten estetikani qanday nazariya sifatida ilgari surdi?
Hissiy idrok etish nazariyasi sifatida.
San'atda qahramonlik qaysi estetik kategoriya orqali namoyon bо‘ladi?
Ulug‘vorlik
Ibn Sinoning mantiq ilmiga bergan ta'rifi qanday?
Mantiq insonning aqlida mavjud tushunchalardan u hosil qilmoqchi bо‘lgan tushunchalarga о‘tish usullarini о‘rganuvchi fandir.
Axloqiy munosabatlar nimalarga asoslanadi?
Aql va hissiyotga.
“Axloq - bu baxt-saodatga erishish yо‘llarini о‘rgatuvchi fandir” degan fikr muallifi kim?
Epikur
Ijtimoiy ong shakli bo'lib, kishilarning xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar yig‘indisi nima?
Axloq
Korrupsiya atamasining lotincha ma’nosi nima?
‘Sorruptio’ – poraga sotilish, aynish, tanazzulga uchrash.
Islom dinining muqaddas manbalari qaysilar?
Qur’on va Hadislar.
“Tripitaka” qaysi dinning muqaddas kitobi?
Buddaviylik
“Budda” sо‘zining ma’nosi nima?
“Nurlangan”
Xristianlarning muqaddas kitobi “Injil” qanday ma’noni bildiradi?
Xushxabar