Hadislar

1) Rifo’a r.a dan rivoyat qilinadi:
“U kishi Nabiy s.a.w bilan namozgohga chiqqan ekanlar. Bas, u zot savdo qilayotgan odamlarni ko’rib: “Ey tojirlar jamoasi!” dedilar. Ular boshlarini ko’tarib, chaqiriqqa javoban u zotga qaradilar. Shunda u zot:
“Albatta, tojirlar qiyomat kuni fojirlar bo’lib qayta tiriltirurilar. Magar, Allohga taqvo qilgan, yaxshilik va rostgo’ylik qilgan mustasno”, dedilar” (Termiziy rivoyati)

2) Abu Sai’ddan rivoyat qilinadi:
“Nabiy s.a.w: “Rostg’oy, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir”, dedilar” (Termiziy rivoyati)

3) Jobir r.a dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy s.a.w:
“Sotganda ham, sotib olganda ham, haq talab qilganda ham bag’rikeng bo’lgan kishiga Alloh rahm qilsin!” dedilar” (Buxoriy va Termiziy)

4) Abu Xurayra r.a dan:
“Nabiy s.a.w:
“Qasam ichish savdo molini o’tkazuvchi, barakani o’chiruvchidir”, dedilar” (Uchchovlari)

5)Qays ibn Abu G’oroza r.a dan:
“Rasululloh s.a.w davrlarida “Dallol” deb atalar edik. Rasululloh s.a.w bizning oldimizdan o’tdilar va bizlarni undan yaxshiroq ism bilan nomladilar:
“Ey tojirlar jamoasi! Albatta, savdoda behuda narsa va qasam hozir bo’ladi, bas uni sadaqa ila aralashtiringlar”, dedilar” (Sunan egalari)

Hazrati Abu Bakr - ipak bilan
Hazrati Usmon - ipak, xurmo bilan
Hazrati Umar - oziq-ovqat
Hazrati Abbos r.a lar - atir savdosi bilan shug’ullanganlar

6) Ibn Umar r.a dan:
“Bir kishi Nabiy s.a.w ga o’zining savdo-sotiqda aldanib qolishni zikr qildi. Shunda u zot: “Qachon savdo qiladigan bo’lsang, “Aldash yo’q”, degin”, dedilar”.
(Uchovlari va Nasoiy rivoyati)

7) Sahl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam :
“Kim menga ikki oyog‘i orasidagiga va ikki jag‘i orasidagi (narsani saqlash)ga kafillik bersa, men unga jannatning kafilligini beraman”,- dedilar.
(Buxoriy va Termiziy rivoyat qilganlar)

8)Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam :
“Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin ”,- dedilar.
(Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar)