Dinshunoslik; o‘zining o‘rganish obyektiga ega bo‘lib, dinlarning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi roli, shuningdek diniy e’tiqodlarning rivojlanishi hamda evolyutsiyasini ilmiy kuch bilan o‘rganadi.
Reja
1. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi; predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
2. Dinshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqasi.
3. Ijtimoiy muhit va diniy an’analarning shaxsning diniy e’tiqodiga va individual tarbiyasiga ta’siri.
Din ta'rifi
Din inson va jamiyat hayotining ma’naviy asoslaridan biri bo‘lib, kishilarni ezgulikka chorlaydi.
Din (arabcha – ishonch, ishonmoq) – borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy mavjudotga, xudoga nisbatan munosabatlar, tasavvurlar, urf-odat va marosimlar majmui.
Har bir din o‘ziga xos sig‘inish obyekti, rasm-rusumlari, ibodatlari va aqidalarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
35-modda: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dinshunoslik fanining maqsadi
O‘quvchilarga din haqida to‘g‘ri, ilmiy asoslangan va bugungi hayot talablariga mos tushunchalar berish.
Din va uning kelib chiqishi, milliy va jahon dinlari asoslari, ta’limoti va tarixi to‘g‘risida ilmiy-nazariy tushunchalar berish.
Dinning jamiyatda o‘rni, ma’naviy kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining din va diniy qadriyatlar haqidagi tushunchalar.
Haqiqiy diniy qadriyatlarni soxtalaridan farqlash va dinga ongli munosabat shakllantirish.
Diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash.
Dinshunoslik fanining vazifalari
O‘quvchi yoshlarda din va uning shakllari to‘g‘risida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish.
Fuqarolarning faoliyati vijdon erkinligiga doir qonun talablariga muvofiq ekanligini, hamda e’tiqodi sog‘lom shaxs ma’naviyatida milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi.
O‘quvchilarni diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
Dinning asosiy funksiyalari
Dunyoqarashlik: Diniy manbalar va qadriyatlar asosida muayyan diniy dunyoqarash shakllantirish.
Kompensatorlik: To‘ldiruvchi, tasalli beruvchi vazifasi.
Kommunikativlik: Dindorlar birligini ta'minlovchi aloqa bog‘lash.
Regulyatorlik: Dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish.
Integratorlik: Diniy e'tiqod asosida odamlarni birlashtirish.
Legitimlovchilik: Qonunlashtirish.
Dinlarning tasnifi
Dinlar e’tiqod qiluvchilar soni, o‘ziga xosligi va millat tanlamasligiga ko‘ra:
Urug‘-qabila dinlari: Totemistik, animistik, fetishistik; avstraliyalik, janubiy amerikalik, afrikali qabilalarda mavjud.
Milliy dinlar: Biror millatga xos, butunlay boshqa millat vakillari qabul qila olmaydigan; masalan, yahudiylik, hinduiylik, konfutsiylik, sintoiylik.
Jahon dinlari: Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan; buddaviylik, xristianlik, islom.